Muammoli mahallalarga hokim va prokurorlar biriktiriladi

O‘zbekistonda jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan mahallalarga hokimlar, prokurorlar hamda ichki ishlar bo‘limlari rahbarlari mas’ul etib biriktirildi. Bu haqda “O‘zA” xabar berdi.
Ular bunday hududlarga har oy borib, aholining ijtimoiy muammolarini joyida hal etish choralarini ko‘rishi shart. Uch yil davomida “qizil” toifada qolayotgan mahallalar IIV akademiyasi hamkorligidagi alohida nazoratga olinadi, besh yil davomida vaziyat o‘zgarmasa, ular Milliy gvardiya nazoratiga o‘tkaziladi.
Asosiy e’tibor xavf guruhidagi oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish va aholini ish bilan ta’minlash masalalariga qaratiladi. Shu bilan birga, ishida yuqori natija ko‘rsatgan davlat xizmatchilarini rag‘batlantirish uchun mahalliy budjetlarning bir qismidan mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!