Farzandning qonuniy manfaatlari ta’minlandi

Qonunchilikka muvofiq, aliment — bu bolaning qonuniy haqqi bo‘lib, u farzandning ta’minoti, sog‘lom kamol topishi va munosib hayot kechirishi uchun mo‘ljallangan majburiy to‘lov hisoblanadi. (O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 99-moddasi)
Byuroning Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 08.04.2010 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor X.R.dan undiruvchi M.N. foydasiga har oylik daromadining 1/6 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.
Ijro harakatlarini ta’minlash maqsadida davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning mol-mulkini aniqlash bo‘yicha “MIB-portal” elektron axborot tizimi orqali tegishli tashkilotlarga so‘rovlar yuborilib, qarzdor nomiga rasmiylashtirilgan xonadon mavjudligi aniqlangan va qonun doirasida taqiq solingan.
Shuningdek, qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 42¹-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqi vaqtincha cheklangan.
Ijro harakatlari davomida aliment bo‘yicha qarzdorlik O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 99 va 140-moddalari talablariga muvofiq hisoblanib, jami 33 855,0 ming so‘mni tashkil etgan.
Ko‘rilgan qonuniy majburiy ijro choralari natijasida qarzdor tomonidan farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadar hisoblangan aliment qarzdorligi to‘liq undirilib, bolaning qonuniy manfaatlari ta’minlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!