Noqonuniy Umra safarini tashkil etgan firma fosh etildi

O‘zbekistonda huquq-tartibot organlari 19 500 nafar fuqaro uchun ruhsatsiz Umra safarlarini tashkil etgan “Jalolquduq Aviyatrans” noqonuniy sayyohlik agentligi faoliyatini to‘xtatdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur guruh ziѐratchilardan jami 22,8 million dollar (taqriban 288 milliard so‘m) to‘plagan. Ular 15,3 milliard so‘m (1,2 million dollar) miqdoridagi soliq va majburiy to‘lovlarni to‘lamaslikka urinishgan. Davlatga yetkazilgan zarar 1,8 milliard so‘m (150,4 ming dollar) deb baholanmoqda.
Saudiya Arabistonida yetarli turar joy ta’minlanmagani tufayli 534 nafar O‘zbekiston fuqarosi og‘ir ahvolga tushgan va ular maxsus reyslar orqali vataniga qaytarilgan.
Kompaniya faoliyati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 13 kishi qamoqqa olingan va yana bir kishi jinoiy javobgarlikka tortilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!