12:30 / 19.12.2019
4 718

Qarshilik erkak xotinining jazmani deb gumon qilib boshqa erkakni chavaqladi

Qarshilik erkak xotinining jazmani deb gumon qilib boshqa erkakni chavaqladi
Fojia kecha, 18 dekabr kuni kuppa-kunduzi Qarshidagi bolalar bog‘chasida yuz berdi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, fuqaro A.B. (1980 y.t., sudlanmagan) turmush o‘rtog‘i (ayol ) M.Q.ni (1986 y.t., sudlanmagan) rashk qilib, fuqaro B.N.ga (1968 y.t., sudlanmagan) oshxona pichog‘i bilan tashlanadi.

Buning oqibatida B.N. ko‘krak qafasining turli joylariga yetkazilgan jarohat, shuningdek, bo‘yin sohasi kesib tashlanishi sabab voqea joyida jon taslim qiladi. Shu tariqa «raqibi»ning hayotiga nuqta qo‘ygan er turmush o‘rtog‘ini ham o‘ldirishga qasd qiladi. Hodisa joyiga IIB xodimlarining yetib kelishi natijasida ikkinchi fojianing oldi olindi.

Holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.B. hibsga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarshilik erkak xotinining jazmani deb gumon qilib boshqa erkakni chavaqladi