Jironada ter Shtegen masalasida qarashlar ikkiga bo'lindi

Jironada ter Shtegen masalasida qarashlar ikkiga bo'lindi

Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter ShtegenJirona” safiga o'tishi ehtimoli hanuz saqlanib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Oq-qizillar” nemis posbonini mavsum oxirigacha ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda. Biroq Sport xabariga ko'ra, bosh murabbiy Michel klubning asosiy mablag'i “Barsa”ning yulduz darvozaboniga sarflanishini istamayapti. U ter Shtegenni top darajadagi golkiper deb baholagan bo'lsa-da, hozir ko'proq himoya chizig'i va yarim himoyani kuchaytirishga urg'u bermoqda.

Sport direktori Kike Karsel esa boshqacha fikrda: u ter Shtegenni “Jirona”da ko'rishni juda xohlaydi va futbolchining o'zi rozi bo'lsa, transfer amalga oshishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqchi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar