
Italiyaning «Komo» klubi bosh murabbiyi Sesk Fabregas «Chelsi» uni jamoaga tayinlashi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Payshanba kuni London grandi Enso Mareska bilan xayrlashganini e’lon qildi. OAVda esa sobiq «Chelsi» futbolchisi bo‘lgan ispaniyalik mutaxassis uning o‘rniga ko‘rib chiqilayotgan nomzodlar qatorida tilga olinmoqda.
Fabregas bu mavzuda ortiqcha gap yo‘qligini aytdi: «Hozircha aytadigan hech narsam yo‘q. Men hanuz shu yerdaman va «Komo»da yana ancha vaqt ishlashga umid qilaman», — deya uning so‘zlarini TMW keltirdi. Murabbiyining amaldagi shartnomasi 2028 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Shu bilan birga, Mareskaning «Chelsi»dagi eng ehtimoliy o‘rinbosari sifatida fransuzning «Strasburg» klubidan Liam Rozenyor ko‘rsatilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.