Barselona Kanselu transferini moliyaviy jihatdan ko'tarmasligi mumkin

Barselona Kanselu transferini moliyaviy jihatdan ko'tarmasligi mumkin

Barselona” qishki transfer oynasi arafasida himoyachi Joau Kanseluni tarkibga qaytarish variantini muhokama qilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'ng qanot himoyachisi “Al-Hilol”ni tark etib, Yevropaga qaytish niyatida. Portugaliyalik futbolchi uchun asosiy da'vogar sifatida MilanInter”i tilga olinmoqda, biroq kataloniyaliklar ham poygada. Jurnalist Karlos Monfor xabariga ko'ra, “Barselona” ehtimoliy kelishuv tafsilotlarini allaqachon o'rganib chiqqan. Biroq bitimni rasmiylashtirish Kanseluning maoshi tufayli juda murakkab: Saudiya Arabistonida u yiliga taxminan 15 mln yevro oladi.

Manbalarga ko'ra, 31 yoshli futbolchining o'zi Kataloniyaga ko'chishni afzal bilmoqda. Shunga qaramay, uning “Barsa”ga qaytishi faqat “Al-Hilol” maoshning sezilarli qismini to'lashda davom etsa, real bo'lishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar