
Germaniyalik hujumchi Niklas Fyllkruq "Milan" safiga qo'shildi. Hozircha u italyan klubiga ijara asosida kelgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchi muxlislarga yo'llagan ilk gaplarida "San-Siro"da to'p surish o'zi uchun ulkan sharaf ekanini ta'kidladi. Biroq uning debyuti, katta ehtimol bilan, "Milan" bugun safarga boradigan o'yinda — Kalyarida bo'lib o'tadi.
"Assalomu alaykum, men shu yerdaman va bu men uchun katta sharaf. Bu futbolkani kiyishni sabrsizlik bilan kutyapman. Klub uchun borimni berishga harakat qilaman va kim bilsin, balki o'z ismimni ham uning shonli tarixiga yozdirarman. Ketdik!" — deya Fyllkruqning so'zlarini pianetamilan.it keltirdi.
Fyllkruqning avvalgi klubi Londonning "Vest Xem" jamoasi edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.