
"Chelsi" futbolchisi Pedro Neto jamoa atrofidagi vaziyat fonida muxlislarni ijobiy kayfiyatni saqlashga chaqirdi. 1-yanvar kuni klub bosh murabbiyi Entso Mareska lavozimini tark etgani ma’lum bo‘ldi. U 2024-yil yozidan beri londonliklarni boshqarib kelayotgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sky Sports'ga bergan intervyusida Neto muxlislarga murojaat qildi: mavsum hali tugamaganini, oldinda ko‘p imkoniyatlar borligini ta’kidladi. Uning aytishicha, jamoa kurashni davom ettiradi, yo‘l uzoq va bu jarayonda tribunadagi qo‘llab-quvvatlash juda muhim. Neto "Chelsi" futbolchilari muxlislar uchun bor kuchini berishini ham qo‘shimcha qildi.
Yakshanba kuni "ko‘klar" APL doirasida safarda "Manchester Siti"ga qarshi o‘ynaydi. London jamoasiga ushbu bahsda vaqtincha bosh murabbiy sifatida Kalum Makfarlen rahbarlik qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.