19:34 / 25.11.2015
5 615

Og‘ir atletika bo‘yicha JChda o‘zbekistonlik ikki sportchi o‘z guruhida ikkinchi bo‘ldi

Og‘ir atletika bo‘yicha JChda o‘zbekistonlik ikki sportchi o‘z guruhida ikkinchi bo‘ldi
AQShning Xyuston shahrida og‘ir atletika bo‘yicha davom etayotgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik yana ikki nafar sportchi bahslarda ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Har ikki sportchi ham og‘irlik vazni 85 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qildi.

Jumladan, «B» guruhidan o‘rin olgan sportchilar bilan bahslarga kirishgan tajribali Ulug‘bek Alimov dast ko‘tarishda 158 kg, siltab ko‘tarishda esa 202 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va ikkikurash yakuniga ko‘ra 360 kg natija bilan «B» guruhida ikkinchi ko‘rsatkichni qayd etdi.

O‘zbekiston terma jamoasining yana bir sportchisi Muhammad Begaliyev «C» guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, u dast ko‘tarishda 156 kg, siltab ko‘tarishda esa 188 kg natijani qayd etdi va ikkikurash yakuniga ko‘ra 344 kg ko‘rsatkich bilan o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi.

26 noyabr kuni erta tongda 85 kg vazn toifasida «A» guruhi vakillari bahslarga kirishadi va shundan so‘ng ushbu vazn toifasida yakuniy natijalar e’lon qilinadi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Og‘ir atletika bo‘yicha JChda o‘zbekistonlik ikki sportchi o‘z guruhida ikkinchi bo‘ldi