08:36 / 22.12.2019
2 284

«Liverpul» – 2019 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi

«Liverpul» – 2019 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi
Foto: Twitter/LFC
Qatarda o‘tkazilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yakuniga yetdi.

Finalda Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibi «Liverpul» va Libertadores Kubogi sohibi «Flamengo» klublari to‘qnash kelishdi. Bahsning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qo‘shib berilgan bo‘limlarning birinchisida Roberto Firmino tomonidan kiritilgan to‘p mersisaydliklarga chempionlikni keltirdi.

Shu tariqa «Liverpul» o‘z tarixida ilk bor klublar o‘rtasida jahon chempioniga aylandi. «Flamengo» 2-o‘rinni, «Monterrey» esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

KJCH-2019, final

Liverpul (Angliya) – Flamengo (Braziliya) 1:0

21 dekabr, «Khalifa International Stadium»
Gol: Firmino (99).
Liverpul: Alisson, Aleksander-Arnold, Gomes, Robertson, van Deyk, Keyta (Milner, 99), Oksleyd-Chemberlen (Lallana, 75), Henderson, Mane, Saloh (Shakiri, 120), Firmino (Origi, 106).
Flamengo: Diyego Alves, Rafinya, Filipe Luis, Mari, Rodrigo Kayo, de Arraskaeta (Vitino, 77), Jerson (Linkoln, 102), Everton Ribeyro (Diyego, 82), Arao (Berrio, 120), Gabriel Barboza, Bruno Enrike.
Ogohlantirishlar: Mane (45), Saloh (81), Vitino (90), Firmino (100), Milner (105), Diyego (112).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Liverpul» – 2019 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi