Xiaomi kompaniyasi MiPad 3 planshetini taqdmotga tayyorlamoqda. Seriyadagi yangi planshet avvalgi modellar singari Android platformasida emas, balki Windows 10 dasturida ishlaydi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.
Xiaomi MiPad 3 planshetiga 7,9 dyuymli aniqligi 2048x1536 piksel bo‘lgan displey, USB Type-C porti, barmoq izi skaneri, 16 Mpli asosiy va 8 MPli old kamera o‘rnatiladi.
Qurilma ettinchi avloddagi Intel Core M3-7Y30 prosessorida faoliyat ko‘rsatishi ma’lum qilingan. Model 8 GB operativ xotira va modifikasiya versiyasiga qarab 128 GB yoki 256 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Shuningdek, echiladigan klaviatura ham ba’zi versiyalarda ko‘zda tutilishi mumkin. Akkumulyatorining sig‘imi – 8290 mA/soat.
Shu bilan birga, Xiaomi MiPad 3 to‘liq metall korpus bilan o‘ralishi aytilmoqda.
Narxi 128 GBli versiya uchun 290 dollarni, 256 GBli versiya uchun esa 330 dollarni tashkil qiladi. Planshet rasman 30 dekabrda namoyish etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Har kuni kechqurun piyoda yurish organizmda qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi
Rossiya ombudsmani: “Dunyo Moskva yaqinidagi terakt tashkilotchilarini topish yo‘lida birlashishi kerak”