Mask Marsga bir million odam yuborsa, 200 million aksiya oladi

SpaceX direktorlar kengashi Ilon Mask uchun yangi rag'batlantirish rejasini tasdiqladi. Mazkur kelishuvga ko'ra, milliarderning daromadi bevosita Marsni mustamlaka qilish va koinotda ma'lumotlarni qayta ishlash markazlarini qurish bilan bog'liq bo'ladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Bu haqda AQSh Qimmatli qog'ozlar va birjalar komissiyasiga taqdim etilgan maxfiy hujjatlarda ma'lum qilingan.
Mask to'liq mukofot paketiga ega bo'lishi uchun SpaceX bozor qiymati 7,5 trillion dollarga yetishi hamda Marsda kamida bir million aholiga ega doimiy manzilgoh barpo etilishi lozim. Shuningdek, koinotda 100 teravatt quvvatga ega hisoblash infratuzilmasini yaratish ham qo'shimcha shart sifatida kiritilgan.
Muvaffaqiyatli natija uchun Maskka 200 million dona ovoz berish huquqiga ega aksiyalar taqdim etiladi.
Hozirda ishlab chiqilayotgan «Starship» kemasi aynan Marsni o'zlashtirish uchun mo'ljallangan. Maskning ta'kidlashicha, sayyoralararo migratsiya iqtisodiy jihatdan o'zini oqlashi uchun bir tonna yukni Marsga yetkazib berish narxi 100 000 dollardan past bo'lishi kerak.
SpaceX o'zining dastlabki ommaviy aksiyalar savdosini (IPO) 2026 yil 28 iyun kuni o'tkazishni rejalashtirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!