Starlink samolyotlarda internet tezligini yuz barobar oshirdi

Ookla kompaniyasi samolyot bortidagi Wi-Fi tezligi bo'yicha yangi hisobotini e'lon qildi. Unga ko'ra, Starlink taqdim etayotgan internet tezligi ofis va kvartiralardagi tarmoqlardan ham oshib ketgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Mutaxassislar 50 dan ortiq aviakompaniyalarning internet sifatini baholadi. Natijalarga ko'ra, o'rtacha yuklab olish tezligi 100 Mbit/s dan oshgan sakkizta aviakompaniya aynan Starlink xizmatidan foydalanadi.
Ularning yarmida bu ko'rsatkich 300 Mbit/s dan yuqori bo'lgan.
Ookla vakillarining ta'kidlashicha, boshqa hech qaysi bort Wi-Fi provayderi bunday yuqori tezlikka yaqinlasha olmagan. Odatda foydalanuvchilar soni ortishi bilan tarmoq tezligi pasayadi, ammo Starlink tizimida bunday muammo kuzatilmagan.
Hozirgi kunda yo'lovchilar ataylab Starlink interneti bor reyslarni qidirmoqda. Bu esa ushbu texnologiyadan foydalanmaydigan aviakompaniyalarni raqobatda ortda qoldirishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!