Yandex brauzerida Alisa matnlarni sodda tilga o'girishni boshladi

Yandex brauzeri jamoasi internetdagi ma'lumotlarni qabul qilishda qiyinchilikka uchraydigan insonlar uchun maxsus funksiyani taqdim etdi. Endilikda Alisa sun'iy intellekti murakkab matnlarni sodda va tushunarli tilga o'girib beradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Kompaniya matbuot xizmatiga ko'ra, bunday xizmat dunyoda birinchi marta amalga oshirilmoqda. Tizim murakkab gaplar va atamalarni oson tushuniladigan so'zlar bilan almashtiradi.
Bu ayniqsa keksalar hamda eshitishida muammosi bor foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratadi.
Xizmat Alice AI LLM til modeli asosida ishlaydi. U matnning tuzilishi va sarlavhalarini saqlab qolgan holda, uzun gaplarni bir nechta qisqa gaplarga ajratadi.
Masalan, aviatsiya haqidagi matnda shassi samolyotning bir qismi ekanligini aniq tushuntirib o'tadi.
Mazkur funksiyani brauzer sozlamalaridagi maxsus imkoniyatlar bo'limidan yoqish mumkin. Shundan so'ng rus tilidagi saytlarda matnni moslashtirish imkonini beruvchi maxsus tugma paydo bo'ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!