HTC kompaniyasining virtual reallik bo‘yicha sobiq vise prezidenti, jumladan, HTC Vive garniturasining dizaynini yaratgan Klod Zelveger bundan buyon Google’da DayDream platformasini takomillashtirish bilan shug‘ullanadi, deb yozmoqda Terabayt sayti.
Zelvegerning One & Co dizaynerlik byurosi 2008 yilda HTC kompaniyasi tomonidan xarid qilingan edi. Shundan buyon dizayner ham HTC jamoasida mehnat qilib kelgan va 2014 yilda vise-prezident lavozimiga tayinlangan. Google press-relizida aytilishicha, Zelveger qidiruv gigantida sanoat dizayni bilan bog‘liq yo‘nalishni boshqaradi.
HTC o‘z axborotida dizaynerga kompaniya mahsulotlarining rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirgan va uning tajribasi Google’ga yaxshi samara keltirishiga umid bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi