00:56 / 04.09.2017
6 553

Samsung Gear Sport soatini taqdim qildi

Samsung Gear Sport soatini taqdim qildi
Samsung kompaniyasi Gear Sport "aqlli soat"ini taqdim qildi. Bu gadjet sport bilan shug‘ullanuvchilarga mo‘ljallangan.

Shu bois, Gear Sport 5ATM reytingiga ko‘ra suvdan himoyalangan. U bilan cho‘milish mumkin, biroq suvga sho‘ng‘ish tavsiya qilinmaydi. Shuningdek, devays MIL-STD-810G standartidagi "jangovor" himoya darajasiga ham ega bo‘lgan.

Smart-vochda yurak qisqarishi chastotasini o‘lchaydigan datchik, GPS moduli mavjud. Speedo On dasturi esa foydalanuvchini suzish sirlaridan xabardor qiladi. Under Armor firma ilovasi ham mashg‘ulotlarni olib borish uchun ayni muddao. Gear Sport Samsung'ning "internet buyumlari" segmentiga moslashgan va uni "aqlli uy" tizimidagi devayslar bilan bog‘lash mumkin.

Gear Sport diametri 1,2 dyuymli, 360 x 360 pikselli, Super AMOLED matritsali sensor ekranga ega bo‘lgan. Ekran Gorilla Glass 3 himoya shishasiga ega. Uning 2 yadroli Exynos 7270 chipi 1 GGs chastota tezligida ishlaydi. Soatdagi tezkor xotira sig‘imi 768 MB, doimiy xotira 4 GB.

50 gramm tosh bosadigan devaysga Wi-Fi 802.11 b/g/n, Bluetooth 4.2, NFC simsiz interfeys modullari, pulsometr, akselerometr, giroskop, barometr datchiklari, 300 mA·soat tok sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. To‘liq quvvat gadjetga 4 kunga yetadi.

Samsung Gear Sport Android 4.4, iOS 9 va ulardan keyingi barcha operatsion tizimlardagi mobil gadjetlar bilan aloqa o‘rnatadi.

Manba: «Terabayt.uz»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung Gear Sport soatini taqdim qildi