TRAIL OUT 2 poyga o‘yini ilk skrinshotlari namoyish etildi

Yangi arkada poyga o‘yini TRAIL OUT 2’ning erta versiyasidan ilk skrinshotlar rasman e’lon qilindi. Loyiha ustida postsovet hududidagi GOOD BOYS studiyasi ishlamoqda. Bu haqda playground.ru xabar beradi.
Mualliflar o‘yin taxminan 2028 yilda chiqishini ma’lum qildi. Shuningdek, jamoa tarkibini kengaytirish niyatida: ular levl-dizaynerlar va 3D-rassomlarni izlayapti, bundan tashqari, loyiha uchun investorlar bilan ham hamkorlik qilishga tayyor.
TRAIL OUT 2 uslubi jihatidan FlatOut ruhini eslatadi: tezlik, shovqinli to‘qnashuvlar va arkada kayfiyati birinchi o‘rinda bo‘lishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing