Telegram yozishmalari o‘z serveri va chatlarda yaxshi himoyalangan. Maxfiy chatlar ham qo‘shimcha funksiyalar bilan yaxshi himoyaga ega. Paydo bo‘lganiga 6 yil to‘lgan bo‘lsa-da, hozirgacha birorta bayt ham uchinchi tomon qo‘liga o‘tmagan. Shuning uchun hozir Xitoy, Eron va Rossiya kabi davlatlar bu messenjerni bloklash yo‘llarini qidirmoqda.
Lekin messenjer xavfsizligi yaxshi bo‘lishiga qaramay, qurilmangiz birovning qo‘liga tushib qolganda sizning ma’lumotlaringiz tarqalib ketishi mumkin. Quyida Telegram-akkauntingizni qo‘shimcha himoyalash bo‘yicha bir nechta maslahatlarni beramiz.
Ikkiyoqlama parol
Telegram ilovasiga yangi qurilmadan kirishda odatda SMSdan foydalaniladi. Bu ishlab chiqarishda o‘zi shunday himoyalangan. Ammo siz mobil operatoringizga, hukumatga ishonmasangiz yoki shunchaki nazoratni kuchaytirmoqchi bo‘lsangiz, unda qo‘shimcha parol bilan himoyalashni tavsiya qilamiz.
Buning uchun «Sozlamalar» > «Maxfiylik» > «Ikki bosqichli autentifikatsiya» va parolni o‘rnating.
Maxfiy chatlar
Agar sizning yozishmalaringiz boshqa qurilmalarda ko‘rinishini istamasangiz, «Maxfiy chatlar»dan foydalaning (asosan telefon orqali, kompyuterdagi Telegram ilovasida bunday funksiya yo‘q). Ochiq shifrlash hisobiga bu yozishmalarni faqatgina ikki tomon ko‘ra oladi. Hatto kimdir SMS parolga ega bo‘lib, akkauntingizga kirsa ham, maxfiy chatlarni o‘qiy olmaydi.
Bundan tashqari, maxfiy chatlarni o‘zi o‘chiradigan taymerni ham sozlashingiz mumkin. Bunda muddat tugaganda yozishmalar har ikki qurilmadan ham avtomatik tarzda o‘chib ketadi.
Qurilmada ham gap ko‘p
Sizning qurilmangiz (telefon, planshet) ma’lumotlaringizni saqlaydigan asosiy vositadir. Qurilmangizga kira oladigan odamlardan birorta messenjer sizni himoya qila olmaydi.
Qurilmani zararli dasturlardan himoyalash uchun operatsion tizimni eng oxirgi versiyagacha yangilang va shubhali manbalardan ilovalarni o‘rnatmang. Shuningdek, Telegram rasmiy ilovalaridan foydalanish ham tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi