Ushbu murojaatning murabbiylarga umuman daxli yo‘q bo‘lib faqat futbolchilarga ataladi.
Boshingizni tik tuting! Hali hech narsa yo‘qotilgani yo‘q. Kechagi o‘yin bir yomon tush bo‘ldi, xolos. Ikkinchi bo‘limning oxirgi 20 daqiqasida ko‘rsatgan o‘yiningiz tahsinga sazovor. Mag‘lubiyatni durangga aylantira oldik, sal qo‘shganimizda yutib ketishimiz ham mumkin edi. Shunchaki omad kelmadi deb qo‘ya qolamiz.
Bir narsani unutmang, Sizlar O‘zbekiston milliy terma jamoasidek sharafli nom ostida o‘ynayotgan kam sonli futbolchilardan birisiz. Bu darajaga yetish, Jahon chempionati saralash o‘yinlarida qatnashish har kimga nasib etavermaydi. Qanchadan qancha futbolchilar terma jamoa libosini kiysam deb orzu qiladi.
Kechagi alamli mag‘lubiyat o‘tdi-ketdi. Yana to‘rt kundan so‘ng bizni Shimoliy Koreyaga qarshi bahs kutmoqda. Mag‘lubiyat bilan yashash aslo foyda keltirmaydi. Mundialga borish uchun haliyam yaxshi imkoniyatga egamiz. Eronni, Qatarni, BAAni o‘ylamang, o‘z o‘yiningizni o‘ylang. Buyog‘iga avvalgi turlarda bo‘lgani kabi o‘z ochkolarimizni yig‘aylik, matematika bilan o‘ralashib qolmaylik.
Ishoning, Shimoliy Koreya ustidan qozoniladigan g‘alaba hammasini joyiga tushiradi. Chunki bu turda BAA va Qatar o‘zaro o‘ynaydi. 6 ochkolik farq uchtaga qisqardi, ammo bu ham vahimaga sabab bo‘la olmaydi. Agar KXDRni mag‘lub etsak, hammasi o‘z o‘rnida qoladi. Shunday xotirjam kayfiyatda qishki tanaffusga yo‘l olamiz.
Murabbiylarni yomonlab futbolchilarni ularga qarshi qayrash niyatimiz yo‘q. Biz bitta kemadamiz va kema soz holatda manzilga yetishi uchun hammaning birdamligi va o‘z ishiga sadoqati kerak bo‘ladi. Jamoaga aslo fitna aralashishi kerak emas. Bosh murabbiy - kema kapitani, uning gapi - buyruq, buni juda yaxshi tushunamiz. Lekin madomiki murabbiy hisob 2:2 bo‘lganidan keyin Sizlarga himoyalanishni aytmagan ekan, Shimoliy Koreya bilan 0:0 bo‘lib turgan paytda hujumga o‘taylikmi deb ham so‘ramang. Hujum qiling, zero hujum xavfli vaziyat yaratadi, vaziyat esa gol olib keladi.
Shuni unutmangki, biz Sizlarga to‘liq ishonamiz. Biz Shimoliy Koreyadan istalgan payt istalgan maydonda kuchlimiz. Qatar bu jamoani yuta olmagandir, lekin biz yuta olamiz. Hatto Shomurodovsiz ham KXDRni mag‘lub etishimizga ishonamiz.
Hal qiluvchi saralashning ekvatoridan o‘tdik. Yana 5ta o‘yin qoldi. Eng muhimi, hech kimga bog‘lanib qolganimiz yo‘q. Qaytanga raqiblar bizga qarab turibdi. Mayli, Eron uzoqlashib ketaversin, ular xotirjam bo‘lsin, ammo biz ikkini berib qo‘ymaylik. Bir narsani unumang, agar hozir to‘g‘ridan to‘g‘ri jahon chempionatiga chiqmasak, keyingi bosqich bundan-da qiyin bo‘ladi.
Ushbu murojaatni xohlang bir kishidan deb bilib, xohlang yuz kishi, xohlang ming kishi. Chunki bugun bir kishi xohlagan narsani ming kishi, hatto millionlab odamlar hoxlayotgan zamonda yashayapmiz. Bu - Jahon chempionatiga chiqish orzusi. Buni eng ko‘p o‘zingiz xohlayotganini ham bilamiz. Shunday ekan, bu yo‘lda xalaqit berishni aslo istamaymiz, yo‘lingiz doim ochiq bo‘lsin, Laosdan yorug‘ yuz bilan qaytish nasib qilsin. Omad, yigitlar!
X.Xoliqov
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi