13:27 / 15.11.2024
19

Rossiya gazining Yevropadagi asosiy xaridorlari ma’lum qilindi

Rossiya gazining Yevropadagi asosiy xaridorlari ma’lum qilindi
Foto: “Profil”
Rossiya gazini eng ko‘p xarid qilgan Yevropa ittifoqi davlatlar orasida Fransiya, Vengriya va Ispaniya yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Yevrostatning sakkiz oylik hisobotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Rossiya yanvardan avgustgacha Yevropa ittifoqiga 9 milliard yevrolik gaz yetkazib bergan, bunda quvur gazi yetakchilik qilmoqda. U 4,6 milliard yevroni, suyultirilgan tabiiy gaz esa 4,4 milliard yevroni tashkil etgan. Fransiya yonilg‘ining asosiy xaridoriga aylangan va importni 30 foizga oshirib, 1,9 milliard yevroga yetkazgan. Vengriya esa ikkinchi o‘ringa tushgan, u importni deyarli uchdan birga — 1,6 milliard yevrogacha kamaytirgan. Ispaniya 1,4 milliard yevro import bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

Boshqa yirik xaridorlar qatoriga Italiya (1,3 milliard yevro), Gretsiya (919 million), Slovakiya (800 million) va Belgiya (709 million) kiradi. Eng katta import o‘sishi Litva (41 foiz) va Finlyandiyada (36 foiz) kuzatildi. Har ikkala davlat ham kichik hajmda import qilgan bo‘lsa-da, mos ravishda 1,8 va 44,3 million dollarlik mahsulot sotib olgan.

2023 yil “Gazprom”ning Yevropaga yetkazib berish hajmi 28 milliard kub metrni (1970 yillarning ikkinchi yarmi darajasida) tashkil qildi. Urushdan oldingi 2021 yilda bu 150 milliard kub metrdan ortiq edi.

Yevropa Rossiya gazidan voz kechmoqchi

Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushiga qaramay, Rossiyaning “Gazprom” va Ukrainaning “Naftogaz” kompaniyasi o‘rtasida 5 yil oldin tuzilgan shartnoma shartlariga ko‘ra, Rossiyadan gaz Kiyev nazorati ostidagi hududlar orqali Yevropaga yetkazib berilishda davom etmoqda. Shartnomaning amal qilish muddati 2024 yil dekabr oyida tugaydi.

Iyul oyida Germaniyaning Handelsblatt iqtisodiy gazetasi bir nechta Yevropa davlatlari Ukraina orqali Rossiya gazini Yevropa ittifoqiga yetkazib berishni davom ettirish ustida ishlayotganini yozgandi. Biroq 30 avgust kuni Vladimir Zelenskiy ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Kiyev 2025 yil 1 yanvardan boshlab Rossiyadan Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatmoqchi ekanini aytdi. Bir oz vaqt o‘tgach, Kadri Simon YEI urush paytida Rossiya gaziga qaramligini jiddiy ravishda kamaytirganini va undan butunlay voz kechishga tayyorligini aytdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya gazining Yevropadagi asosiy xaridorlari ma’lum qilindi