Anor mazali, vitaminlarga boy va uzoq yillar mobaynida tabobatda ham qo‘llanilib kelinadigan mevalardan biridir. Hozirda anorni iste’mol qilishning ayni vaqti. Quyida ushbu mevani tanlashda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlarni ko‘rib chiqamiz.
Foto: Lifehacker.ru
1. Meva po‘stini tekshiring. U bir oz quruq bo‘lishi kerak. Anorni qo‘lga olganda uning po‘sti dag‘al va ingichka bo‘lganidan, go‘yo ichidagi donlar tashqariga yorilib chiqib ketadigandek tuyuladi. Agar meva po‘sti o‘ta quruq bo‘lsa, anor uzoq vaqt davomida saqlanganligi va suvli bo‘lmasligini anglatadi.
2. Po‘stning rangiga e’tibor bering. Yaxshi pishgan anorning tashqi ko‘rinishi to‘q olovrangdan to‘q qizil tusgacha bo‘ladi. Bunday mevaning po‘sti bir oz yaltiraydi. Yorilgan, ezilgan yoki bir qismida jigarrang-qora dog‘lari mavjud anorni xarid qilish tavsiya etilmaydi.
3. Mevaning mustahkamligiga e’tibor bering. Anor qattiq bo‘lishi va uni ezganda pishgan donalardan qirsildoq ovoz kelishi kerak.
4. Anorni hidlab ko‘ring. Pishgan va yuqori sifatli mevalardan yomon hid kelmaydi.
5. Og‘irligi va hajmini taqqoslang. Yetilgan anor o‘rtacha kattalikda va og‘ir vaznli bo‘lishi kerak. Bir dona pishgan anorning vazni 600-700 grammga yetishi mumkin.
6. Meva o‘zagi yoki “toj” ini tekshiring. Yaxshi pishgan anorda u quruq va ochiq bo‘ladi. Mevaning rangi uning o‘zagi bilan bir xil bo‘lishi kerak. Agar u yashil bo‘lsa, demak anor hali yetilmagan bo‘ladi.
7. Mavsumga e’tibor bering: eng yaxshi pishgan anorlar sentyabrdan fevralgacha bo‘lgan muddatda sotuvga chiqariladi.
Foto: Lifehacker.ru
Xom uzilgan anorning yetilishiga qanday yordam berish mumkin?
Bu meva daraxtdan uzilgandan keyin yetilishda davom etmaydi, u faqatgina tabiiy sharoitda — daraxtning o‘zida pishadi. Uni xurmo yoki yashil banan kabi avvaldan terib olish mumkin emas.
Anorni qanday saqlash kerak?
Anorlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurlari tushadigan joydan uzoqda, salqin xonada saqlash tavsiya etiladi. Eng yaxshi variant muzlatgichning meva va sabzavotlar saqlanadigan tortmasidir. Anor donlarini muzlatib qo‘yish ham mumkin — ular ta’mi va rangini yo‘qotmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
O‘zbekiston—Qatar uchrashuvida madhiya o‘rniga reklama ko‘rsatilgani yuzasidan izoh berildi