Raqobat qo‘mitasi tovar-xom ashyo birjasida Ai-80 avtomobil benzini narxining yuqori chegarasini belgiladi, deb xabar bermoqda “Spot”.
Qayd etilishicha, qo‘mitaning 12 noyabrdagi topshirig‘iga ko‘ra, chorshanba kunidan boshlab Ai-80 benzini narxining sotuvchining boshlang‘ich narxiga nisbatan 5 foiz miqdorida o‘sishiga cheklov joriy etildi. Bundan tashqari, bitta qo‘lga 4 tonna benzin sotish cheklovi ham saqlab qolinadi.
Shunday qilib, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishlab chiqargan benzinning dastlabki narxi bir tonnasi uchun 8 931 005 so‘mni tashkil etsa, joriy etilgan cheklovni hisobga olgan holda bir tonna benzinning eng yuqori narxi 9 377 555,25 so‘mga teng bo‘ladi.
Noyabr oyida Ai-80 benzinining birja narxi bir tonna uchun 10 million so‘mdan oshib ketdi. Bir yil avval Ai-80 benzinning tonnasi o‘rtacha 7 million 228 ming so‘mdan sotilgan.
Bundan avval qo‘mitanning 5 noyabrdagi topshirig‘iga ko‘ra suyultirilgan gaz narxining oshishiga sotuvchining boshlang‘ich narxiga nisbatan 20 foiz miqdorida cheklov (spred) joriy etilgandi. Narxlarning keskin pasayishiga qaramay, birjadagi propan taklifi deyarli ikki baravar kamaydi — 2 ming tonnadan 1 ming tonnagacha. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi