Foto: Reuters
AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushner yangi ma’muriyatning Yaqin Sharqdagi harakatlarida muhim rol o‘ynaydi. Bu haqda CNN manbalarga tayanib xabar berdi.
Unga ko‘ra, Kushnerning hukumatda rasmiy lavozimni egallashi dargumon, ammo Trampning mintaqadagi siyosatida “asosiy figura” bo‘lishi aytilmoqda. Manbalarga ko‘ra, Kushner Yaqin Sharqning ko‘plab yetakchilari bilan yaxshi aloqaga ega.
Yaqin Sharqdagi aloqalar
Avvalroq Financial Times Trampning kuyovi respublikachilarning yangi ma’muriyati davrida Oq uyga qaytmasligi haqida xabar bergan edi.
Nashrning ta’kidlashicha, Kushner Trampning avvalgi muddatida katta maslahatchisi bo‘lgan. Isroil va bir qancha arab davlatlari, jumladan BAA, Bahrayn, Sudan va Marokash o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatgan kelishuvlar bo‘yicha muzokaralarda muhim rol o‘ynagan.
Kushner hukumatga qaytishdan manfaatdor emasligini bir necha bor aytgan, biroq Trampning g‘alabasi va Yaqin Sharqdagi hozirgi inqiroz uning fikrini o‘zgartirishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Trampning yangi administratsiyasi
Tramp o‘z administratsiyasini shakllantirishni hozirdan boshlamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, u yangi jamoasida ashaddiy isroilparastlar bo‘lishini xohlayapti.
Jumladan, u Mudofaa vaziri lavozimiga amerikalik teleboshlovchi, Afg‘oniston va Iroqdagi urushlar faxriysi, Falastin davlatchiligiga qarshi fikrlari bilan tanilgan Pit Hegsetni taklif qildi.
Foto: Google Images
Shuningdek, milliarderlar Ilon Mask va Vivek Ramasvami Donald Tramp davrida hukumat samaradorligiga erishish bo‘yicha yangi departamentga rahbarlik qilishi xabar berildi.
“Birgalikda bu ikki ajoyib amerikalik mening ma’muriyatim uchun davlat byurokratiyasini demontaj qilish, ortiqcha qoidalarni, keraksiz xarajatlarni kamaytirish va federal agentliklarni qayta tashkil etish yo‘lini ochib beradi”, degan Tramp. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi