11:41 / 15.11.2024
23

O‘zbekiston—Qatar uchrashuvida madhiya o‘rniga reklama ko‘rsatilgani yuzasidan izoh berildi

O‘zbekiston—Qatar uchrashuvida madhiya o‘rniga reklama ko‘rsatilgani yuzasidan izoh berildi
Foto: X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘i
Kecha, 14 noyabr kuni Qatar—O‘zbekiston uchrashuvi boshlanishi oldidan O‘zbekiston madhiyasi efirga uzatilmay, o‘rniga reklama ko‘rsatildi. Ushbu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Sport TV kanali bosh direktori Zohid Karimov ushbu holat bo‘yicha izoh berdi.

Shuncha tayyorgarlik, shuncha harakat qilib davlat madhiyasiga kelganda atayin kesmaymiz-ku!?

Biz ketma-ket o‘yinlarni ko‘rsatmoqdamiz. Undan oldin boshlangan o‘yin qo‘shib berilgan vaqt hisobiga kech tugadi. Bu o‘yinga o‘tguncha shartnoma bo‘yicha reklamalarimiz bor edi. Shu reja bo‘yicha ish olib borilayotganda, madhiya boshlanib qoldi. Efirga madhiyaning o‘rtasidan o‘tish noto‘g‘ri hisoblanib, tugashi kutildi.

O‘yinni chiroyli tarzda translyatsiya qilish uchun barcha imkoniyatni yaratishga harakat qildik. Eng ishongan, tajribali sharhlovchilarga maydondan sharhlash imkonini berdik.

Mening ham aybim bor, sharhlovchilar ovozini efirga ulash bilan band bo‘lib, e’tibor bera olmay qoldim
”, deydi Zohid Karimov.

Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv 3:2 hisobida Qatar jamoasi foydasiga hal bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng ham turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi turni Shimoliy Koreyaga qarshi 19 noyabr kuni o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston—Qatar uchrashuvida madhiya o‘rniga reklama ko‘rsatilgani yuzasidan izoh berildi