Foto: BILD
Donald Tramp ma’muriyatida yangi tashkil etilgan boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘limiga yaqinda rahbar etib tayinlangan milliarder Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi Amir Said Iravoniy bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazdi.
New York Times xabariga ko‘ra, dushanba kuni Nyu-Yorkdagi maxfiy joyda bo‘lib o‘tgan uchrashuv bir soatdan ortiq davom etgan. Nomlari oshkor etilishini istamagan Eron hukumatidagi manbalar bu uchrashuvni «ijobiy» baholashgan.
Uchrashuvda AQSH va Eron o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatish yo‘llari muhokama qilingani aytilmoqda. Hozircha voqeaga Jo Bayden ma’muriyati va Eron tomoni rasmiy munosabat bildirgani yo‘q. Trampning matbuot kotibi esa xususiy shakldagi uchrashuvlar haqidagi xabarlarga munosabat bildirmasligini aytdi.
Ilon Maskning Tramp ma’muriyatidagi faoliyati bevosita tashqi siyosat masalalari bilan bog‘liq emasligi nuqtayi nazaridan ham u nega eronlik elchi bilan uchrashgani ko‘pchilikda savol tug‘dirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shomurodov va Shukurov KXDRga qarshi o‘ynamaydi