23:49 / 15.11.2024
5

Alp tog‘larida turistlar 280 million yillik qadimiy hayvonlar izlariga duch keldi

Alp tog‘larida turistlar 280 million yillik qadimiy hayvonlar izlariga duch keldi
Foto: Museo di Storia Naturale di Milano
Italiya Alp tog‘larida turistlar noyob topilma — 280 million yillik qadimiy ekotizim izlariga duch keldi. Bu iqlim o‘zgarishi oqibatida muzliklar erishi tufayli aniqlandi, deb xabar beradi The Guardian.

Olimlarning ta’kidlashicha, topilmalar orasida Perm davrida (298-251 million yil oldin) — dinozavrlar paydo bo‘lishidan oldin yashagan reptiliya va amfibiyalarning yaxshi saqlanib qolgan izlari mavjud.

Qadimiy topilmaga Kludiya Steffensen va uning turmush o‘rtog‘i Lombardiya bo‘ylab sayohati davomida duch kelgan. Ayol toshdagi noodatiy naqshlarga e’tibor qaratgan. Keyinroq topilma surati Milandagi Tabiiy tarix muzeyi paleontologi Kristiano Dal Sasso qo‘liga tushib qolgan. U esa suratni hamkasblariga ko‘rsatib, 1,7 ming metr balandlikdan topilgan izlar qadimgi yirik reptiliyalarga tegishli ekanini tasdiqlatib olgan.

Foto: Museo di Storia Naturale di Milano
2023 yilning yozida ushbu tog‘larda, 3 ming metr balandlikda yo‘lak hosil qilgan yuzlab shu kabi izlar topilgan edi. Shuningdek, tosh qotgan o‘simliklar va urug‘lar ham aniqlangan.

Valtellina mintaqaviy bog‘i prezidentining so‘zlariga ko‘ra, mazkur hududda ko‘chkilar tez-tez sodir bo‘lib tursada, izlar yaxshi saqlanib qolgan. Hozirda topilma joyida tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Olimlar ushbu topilmani global iqlim o‘zgarishiga bog‘lamoqda. Mintaqada muzliklar erishi natijasida nafaqat qadimiy hayvonlarning izlari, balki Birinchi jahon urushiga oid ko‘plab artefaktlar, shuningdek, askarlarning jasadlari ham topilmoqda.

Olimlarning taxminicha, 2060 yilga borib Alp muzliklarining 80 foizi butunlay yo‘qolib ketishi mumkin. Bu esa 30-40 yildan keyin kuchli qurg‘oqchiliklarga olib keladi. 2024 yil sentyabrda Shveysariya va Italiya muzliklar erishi natijasida Alpdagi chegaralarini qayta ko‘rib chiqqan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alp tog‘larida turistlar 280 million yillik qadimiy hayvonlar izlariga duch keldi