2026 yilgi jahon chempionati Osiyo mintaqasi saralash turniri uchinchi bosqichining beshinchi tur uchrashuvi O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Terma jamoa yetakchisi, sardori va to‘purari Eldor Shomurodov juda erta jarohat oldi va o‘yinni davom ettira olmasdan, 21-daqiqada o‘rnini Jaloliddin Masharipovga bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi.
Bu hamyurtlarimiz o‘yiniga ta’sir qildi. Birinchi bo‘limning o‘zida ikkita gol o‘tkazib yubordik. O‘yinning ikkinchi yarmida Abbosbek Fayzullayev mezbonlar darvozasini boshi bilan ikki marta ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi. Biroq to‘xtalishlar uchun olti daqiqa qo‘shib berilgan bo‘lsa-da, bosh hakam mezbonlar g‘alaba to‘pini kiritmagunicha hushtagini chalmadi. Oqibatda qo‘shib berilgan 12-daqiqada qatarliklar o‘z maqsadiga yetdi.
Italiya matbuoti O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovning maydonni erta tark etganiga e’tibor qaratdi.
SIAMOLAROMA.IT:
Trigoriyani tark etib, o‘z yurti terma jamoasi safiga qo‘shilganlar orasida Eldor Shomurodov ham bor. “Roma” hujumchisi O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatining navbatdagi saralash uchrashuvlariga chaqirtirilgan.
Shomurodov Qatarga qarshi uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshladi va 21-daqiqada jarohat tufayli maydonni tark etdi. Shifokorlarning yetti daqiqa davom etgan “qutqaruv operatsiyasi”dan keyin ko‘zida yosh bilan maydonni tark etdi.
Bu “Roma” uchun xunuk xabar. Rim klubi mutasaddilari Eldor Shomurodov atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
O‘zbeklarning qatarliklarga qarshi uchrashuvi esa, 3:2 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. Abbosbek Fayzullayevning dubli kambekka kamlik qildi.
LAROMA24.IT:
“Roma” bosh murabbiy masalasini hal qildi. Klaudio Raneri rasman “Roma” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Shartnoma mavsum oxirigacha tuzilgan va undan keyin 73 yoshli mutaxassis klub xo‘jayinlariga sportga doir masalalar bo‘yicha maslahatchi bo‘lib faoliyatini “Roma”da davom ettiraveradigan bo‘ldi.
Klaudio Raneri darrov mashg‘ulotlarni boshlab yubordi. Biroq Rimdagi yangi faoliyati davomida birinchi muammoga ham duch keldi.
Bu Eldor Shomurodovning holati bilan bog‘liq masala. Tajribali hujumchi Qatar va O‘zbekiston milliy terma jamoalari bellashuvi davomida jarohat olib, o‘yinni tark etishiga to‘g‘ri keldi. Shomurodov zaxira o‘rindig‘ida alam bilan ko‘z yoshi to‘kdi.
TUTTOMERCATOWEB.COM:
Qatar va O‘zbekiston o‘rtasidagi bellashuvning 21-daqiqasida “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov jarohat tufayli maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. “Kalyari” va “Jenoa”ning sobiq futbolchisi bundan juda xafa bo‘ldi, maydonni tushkun kayfiyatda tark etgani jarohatning jiddiy bo‘lishi mumkinligi ehtimolidan xavotir uyg‘otadi.
Bu orada “Roma” Klaudio Ranerini rasman bosh murabbiy sifatida tanishtirdi. U mavsum oxirigacha qadar jamoaga ustozlik qiladi, keyinchalik maslahatchi lavozimiga o‘tadi. Unga qadar klub jamoaga boshqa munosib bosh murabbiy qidiradi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. 29 yoshli o‘yinchimiz xalqaro miqyosda 78 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 41 marta ishg‘ol qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!