Foto: Reuters
AQSH harbiylari orasida 2023 yili o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘paydi. Pentagon rasmiylari tomonidan ko‘rilgan choralarga qaramay, o‘sish tendensiyasi davom etmoqda. Bu haqda AQSH Mudofaa vazirligiga tayanib, ABC News xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2023 yili harbiylar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari o‘tgan yilgiga nisbatan 30 taga ko‘paygan. Shu tariqa har 100 ming harbiy xizmatchiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkich 9 foizga oshgan. Pentagon rahbari Lloyd Ostin mazkur masala yuzasidan bayonot bergan. U suitsidning oldini olish va undan keyingi asoratlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar ikki baravar oshishi zarurligini bildirgan. Rasmiylar bu kabi holatlar 2011 yildan beri o‘sib borayotganini ta’kidlagan.
"2011 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda o‘z joniga qasd qilish darajasining bosqichma-bosqich, statistik jihatdan sezilarli darajada o‘sayotganiga guvoh bo‘lyapmiz", deydi Pentagonning suitsidning oldini olish boshqarmasi direktori doktor Liz Klark.
Pentagon o‘z joniga qasd qilish holatlarini kamaytirish uchun qator sa’y-harakatlarga qo‘l urdi. Qurolli kuchlar saflarida sog‘lom muhitni yaratish va suitsidning oldini olish bo‘yicha kurslar shular jumlasidan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi