16:14 / 15.11.2024
21

Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!

Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!
Jahon chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan Qatar - O‘zbekiston uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Yurtdoshlarimiz 2:0 hisobiga mag‘lub bo‘lib turib, hisobni tenglashtirishga erishishdi. Biroq, uchrashuvning qo‘shib berilgan so‘ngi soniyalarida gol o‘tkazib yuborishdi. Shu tariqa, "oq bo‘rilar" mag‘lub bo‘ldi.

Mag‘lubiyatga sabab nimada?

Mohiyat shundaki, Qatar hujumdagina yaxshiroq jamoa. Agar himoyada yaxshi bo‘lganida, past bo‘yli Abbos ikkita golni bosh bilan urmasdi.

Talab shundaki, ko‘proq gol urish uchun o‘ynash kerak. G‘alaba shunda biz tomonda bo‘lardi. Eron ham birinchi gol o‘tkazgan va bunga 4 ta bilan javob bergan. 2:1 payti to‘xtab qolmagan.

Ko‘rdikki, bosim raqibni shok holatiga tushirdi. Bobir Adbixoliqovda yuzaga kelgan vaziyat, Masharipov jarima maydonida yiqilgan holat va gol urilgan vaziyatlar. Agar raqib himoyalanganda haddan ziyod kuchsiz bo‘lsa, bundan nega foydalanmasligimiz kerak?

Raqib chuqur himoyada o‘ynagan holatda qarshi hujumga o‘tgan payt ulardagi top ijrochilar o‘rtasida ham bog‘lamlar ishlamadi. Foydasiz dioganallar bilan hujumlar tugayverdi. Qiziqarli va yaxshi o‘yin. Yomon va alamli mag‘lubiyat.

Futbol shunaqa, gol urishing va shu ishni qilishda davom etishing kerak. Jarayonni balansda ushlash qiyin.

Karim Xudayqulov

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!