23:08 / 13.11.2024
49

Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi

Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Turkiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatdi, deya mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on xabar berdi.

Biz Turkiya davlati va hukumati sifatida Isroil bilan aloqalarimizni uzdik”, dedi u.
Erdo‘g‘on Anqara kelajakda Tel-Aviv bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun hech qanday qadam tashlamasligini qo‘shimcha qildi.

2023 yil okytabr oyida G‘azoda Isroil hujumi boshlanganidan beri Turkiya Tel-Avivning harakatlarini qoralab, uni Falastin tinch aholisini qirg‘in qilishda ayblab kelmoqda. Mamlakat bir necha bor Isroilni o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan, shuningdek, yahudiy davlatiga bosim o‘tkazgan.

Xususan, may oyi boshida Turkiya Savdo vazirligi Isroil bilan savdo-sotiqni to‘liq to‘xtatganini ma’lum qilgan edi. Bungacha Anqara 54 ta kichik guruh tovarlari eksportini cheklagan.

Shuningdek, Turkiya milliy mudofaa vaziri Yashar Gyuler mamlakatga Isroil hujum qilishi mumkinligini istisno etmadi.

Isroil Turkiyaga bevosita tahdid solishi mumkinmi, degan savolga javob berar ekan, Gyuler Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ichki frontning ahamiyatini va uni mustahkamlash zarurligini ta’kidlaganini aytdi.

Men uning fikriga to‘liq qo‘shilaman. Ichki front biz uchun doimo zarur. Hatto tinchlik paytida ham ichki frontning yaxlitligi va qudrati hamisha mamlakatimiz manfaatlariga xizmat qiladi. Isroil Turkiyaga hujum qilishi mumkinmi? Agar prezident bunday xavfni sezmaganda, bu haqda gapirib o‘tirarmidi? Shubhasiz, u hujum qilishi mumkin”, dedi u.

Gyuler uchinchi jahon urushi ehtimolini ham istisno etmadi:
U istalgan paytda boshlanishi mumkin. Albatta, biz buni istamaymiz, ammo har qanday vaziyatga doimo tayyor turishimiz kerak. Axir Turkiya va uning buyuk xalqi xavfsizligi uchun mas’uliyat bizning zimmamizda. Biz barcha imkoniyatlardan foydalanib, barcha ehtimollarni ko‘rib chiqamiz. Shuning uchun, bunday imkoniyatni hisobga olgan holda, har bir narsani eng mayda tafsilotlarigacha tahlil qilamiz, ish olib boramiz va rejalashtiramiz. Biroq biz o‘z yurtimizda tinch-totuv yashashni xohlaymiz”, dedi mudofaa vaziri.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi