21:27 / 14.11.2024
24

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida muhim forum o‘tkazildi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida muhim forum o‘tkazildi
«InnoWeek-2024» xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida O‘zbekiston-Xitoy birinchi yoshlar innovatsion forumi o‘tkazildi.

Forumda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Xitoy Xalq Respublikasining vakillari, yosh olimlar hamda iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Otabek Mahkamov global loyihalarni amalga oshirishda xitoylik hamkorlarning roli beqiyos bo‘lganini alohida qayd etib o‘tdi.

«Xitoy kabi davlatlarning muvaffaqiyatli modellarini o‘rganish va ularni o‘zlashtirish orqali biz ta’lim sifatini oshirish va innovatsiyalarni rag‘batlantirish strategiyalarini amalga oshira oldik. Xalqaro hamkorligimiz, dasturlarimizning ijrosini tezlashtirishga yordam bergan yangi texnologiyalar, metodika va tajribalarga yo‘l ochdi», deya qayd etib o‘tdi vazir o‘rinbosari.

Forum doirasida Xitoy-O‘zbekiston munosabatlari mamlakatlarda yoshlarning innovatsion faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar hamda sohadagi muammolar bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Forumda Xitoy xalq respublikasidan 42 nafar yosh olimlar, tadbirkorlar, startapchilar hamda iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan Qualcomm Big Data kompaniyasi vakili Chen Xun Markaziy Osiyoning jahon taraqqiyoti uchun muhim mintaqa ekanini alohida qayd etib, O‘zbekiston uchun o‘z sohalarida kerakli yordamni berishga tayyor ekanliklarini ta’kidlab o‘tdi.

«Biz ham yangi zamonaviy O‘zbekiston uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishga tayyormiz. Bu yozda kompaniya raqamli iqtisodiyot, katta ma’lumotlar, Cloud xizmatlari, iqtisodiy tadqiqotlar va bozor tahlillari orqali Markaziy Osiyo bozorlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Internet texnologiyalari va turli to‘lov variantlarining rivojlanishi tufayli ushbu loyiha bozorga, jamiyatga xizmat qilish, sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish va favqulodda vaziyatlarda ko‘mak berishga qaratilgan» deya loyiha haqida fikr bildirib o‘tdi Chen Xun.

Forum jarayonida mavzu doirasida savollar ham mavzular o‘rtaga tashlanib, soha mutaxassislari ishtirokida qizg‘in muhokamalar bo‘ldi.

Forum so‘ngida keyingi uchrashuv Xitoy xalq respublikasida tashkil etilishi bo‘yicha kelishib olindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida muhim forum o‘tkazildi