
Italiyalik mutaxassis Klaudio Raneri yana “Roma” bosh murabbiyi bo‘ldi. U mavsum yakuniga qadar jamoani boshqarib turadi va keyinchalik maslahatchi bo‘lib ishlaydi.
U jamoaga qaytgandan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Murabbiyning aytishicha, so‘nggi 3 oy davomida unga ko‘plab takliflar bo‘lgan.
“Hatto APLda 'Lester' bilan chempion bo‘lganimdan keyin ham bunchalik taklif bo‘lmagandi”, deydi italiyalik mutaxassis.
Raneri o‘zi uchun ko‘p bora “Roma”ga yoki “Kalyari”ga qaytishini aytganini ta’kidladi.
“Taqdir menga 'Kalyari'dagi uyimga, futbolchilik va murabbiylik faoliyatimni boshlagan 'Roma'ga qaytishni da’vat qildi. Balki taqdir menga 'Shu yerda boshlagansan, shu yerda tugat', degan bo‘lishi ham mumkin”, deydi Raneri.
Klaudio Raneri avval ham “Roma” bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Mutaxassis 2009-2011 va 2019 yillarda Rim jamoasida faoliyat olib borgan. Qayd etib o‘tish kerak, Raneri futbolchilik faoliyatida ham “Roma”da (1973/74) to‘p surgan.
Hozirda “Kalyari” bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan Raneri o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodovga ham begona emas. Eldor o‘tgan mavsumda murabbiy qo‘l ostida “Kalyari”da to‘p surgan.
Klaudio RaneriRoma Bosh MurabbiyiFutbolchilik FaoliyatiKalyari JamoasiO‘zbekistonlik FutbolchiMurabbiyning Fikri O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar