Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi egiluvchan displey texnologiyasining yangi bosqichi bilan faxrlanib, 50 foizga kengayadigan va 10 ming martadan ortiq cho‘zilishga bardosh beradigan ekranni namoyish qildi. Bu haqda Gizmochina yozdi.
2022 yilda taqdim etilgan avvalgi model 12 dyuymdan 14 dyuymgacha cho‘ziluvchan edi. Yangisi 18 dyuymgacha cho‘ziladi va 100 ppi piksel zichligini va to‘liq RGB rang xususiyatini saqlab qoladi.
LG o‘z ixtirosini «Ilg‘or displey texnologiyasi» deb atamoqda. Hozirgi egiluvchan ekranlardan farqli o‘laroq, yangi displey shaklini o‘zgartirishi, buklanishi, cho‘zilishi va turli shaklni olishi mumkin. Kelajakda bunday texnologiya, masalan, aqlli soatlarda yoki hatto kiyimda ham qo‘llanilishi mumkin.
Bunday displeylar o‘zining noyob cho‘ziluvchanligiga qo‘shimcha ravishda yupqa, yengil va 10 ming martagacha cho‘zilishga bardosh bera oladi. Hozir texnologiyaning bozorga chiqarilish sanasi aniqlanmagan, biroq LG uni yaqin bir necha yil ichida tijorat maqsadlarida foydalanish uchun taqdim etilishini kutmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Rossiya armiyasi qishda Ukraina shaharlarini egallab olmoqchi
O‘zbekiston Xitoyga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiladi
Abxaziya rahbari Bjaniya noroziliklar fonida iste’foga chiqdi
Xitoyda 83 mlrd dollarlik oltin zaxirasi topildi