Foto: CHN Energy
Xitoy qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi pozitsiyasini mustahkamlab, quvvati 1 gigavattga yetadigan dunyodagi eng katta dengiz quyosh stansiyasini ishga tushirdi.
Loyiha Shandun porvinsiyasidagi Dunin shahri sohilida joylashtirilgan bo‘lib, u mamlakatning qazilma yonilg‘ilarga bog‘liqligini qisqartirish va issiqxona gazlari chiqishini kamaytirishga xizmat qiladi.
Quyosh fermasi 1223 gektar maydonni egallagan va 2934 ta fotoelektr platformadan iborat — ular qoziqli temir konstruksiyalarga ilg‘or texnologiyalar yordamida joylashtirilgan. Platformalarning har birini o‘lchami 60 x 35 metr bo‘lib, bu ularni nafaqat mustahkam, balki ochiq dengizda foydalanish uchun ham samarali qiladi.
Loyihada, shuningdek, dunyoda birinchi bo‘lib 66 kilovatt kuchlanishli dengiz va quruqlikdagi elektr uzatish tarmoqlaridan foydalangan. Bunday usul o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshiribgina qolmay, balki elektr energiya ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartiradi ham.
Quyosh stansiyasi to‘liq foydalanishga topshirilgach, har yili 1,78 milliard kilovatt-soat elektr energiya ishlab chiqariladi. Bu 2,67 millionga yaqin uy xo‘jaliklarini elektr energiyasi bilan ta’minlashga yetadi.
Toza energiyaga o‘tish mamlakatga har yili 503 ming tonna shartli yonilg‘ini tejash va 1,34 million tonna karbonat angidrid gazi chiqarilishini qisqartirishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar