Foto: Unsplash
YouTube videoservisi uzun videolarni tomosha qilishning Shorts'ga o‘xshash yangi formatni testdan o‘tkazmoqda.
Qayd etilishicha, sahifa yuqoriga siljitilgandan keyin avtomatik ravishda qo‘yiladigan navbatdagi video paydo bo‘ladi. Mazkur yangilik yangi kontentni tavsiya qilish tizimini joriy etishga oid eksperiment doirasida sinovdan o‘tkazilyapti.
YouTube'dagilarga ko‘ra, «Android foydalanuvchilarining kichik guruhi test jarayonlarida qatnashmoqda, bu ularga yangi videolarni to‘liq ekranda ham, portret rejimida ham qo‘yish uchun sahifani uchun yuqoriga surish imkonini beradi».
Yangi funksiya YouTube'dagi kontent tomosha qilishga yondashuvni o‘zgartirishi mumkin. Hozir foydalanuvchi sarlavha va muqovadan, shuningdek, tavsiya va obunalaridan kelib chiqib, video tanlaydi.
Shorts qisqa roliklarida esa foydalanuvchilar yangi video ko‘rish uchun lentani yuqoriga surishi kifoya. Bunday format foydalanuvchi harakatini minimallashtiradi va ancha samarador hisoblanadi, chunki u algoritmga foydalanuvchi afzal ko‘rgan kontentga tezroq moslashish imkonini beradi. Ammo bu YouTube formatini ekotizim sifatida o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda YouTube videoxostingi Xitoyning TikTok ilovasiga raqobatchi sifatida Shorts qisqa videolar servisini taqdim etgandi. YouTube Shorts servisi AQSH hukumati va TikTok o‘rtasidagi qarama-qarshilik fonida ishga tushgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas