15
Server Jeparov: "Yetakchining jarohat olishi murabbiyni qiyin ahvolda qoldirdi, takliflar bo‘lsa ko‘rib chiqaman"
Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi, o‘zbek futbolining sobiq yulduzlaridan biri Server Jeparov ham milliy terma jamoamizning safarda Qatarga qarshi o‘yinini diqqat bilan kuzatib bordi. Sports.uz jurnalisti Server Reshatovichga bir qator savollar bilan murojaat qildi.
- Milliy terma jamoamizning Qatarga qarshi o‘yini haqida nimalarni ayta olasiz? Alamli mag‘lubiyatga asosiy sabab nima?
- Birinchi bo‘limda himoyadagi o‘yin yomon chiqdi. Himoyachilar vaziyatlarni oxiriga yetkazishni o‘ylamasdan harakat qildilar.
- Bu o‘yinda Katanes yutqazdimi? Ya’ni, uning oxirgi daqiqalarda taktik o‘zgarishlari haqida nima degan bo‘lardingiz?
- Hujum chizig‘ida yetakchining jarohat olishi murabbiyni qiyin ahvolda qoldirdi. Albatta, bunday pallada murabbiyga osonmas. Shu bois u taktikani o‘zgartirdi va ikkinchi bo‘limda o‘yin maromi butunlay o‘zgardi hamda bu foydamizga ishladi. O‘yin oxirida Qatarga omad kulib boqdi. Bunday bellashuvlar bo‘lib turadi va omad ko‘proq raqibga kulib boqadi.
- Eldor Shomurodov bilan Otabek Shukurov jarohat sababli KXDRga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradilar. Bo‘lajak uchrashuv oldidan nima deya olasiz?
- Bizning terma uchun salmoqli yo‘qotish! Bunday paytda jarohatlanganlarning o‘rniga tushiriladigan yigitlarga ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi. Endi mana shunday imkoniyat ularda bor va zaxiradagilar terma jamoa o‘yinchilari hisoblanishini isbotlashlari darkor.
- Keyingi rejangiz qanday?
- Yaqin rejam - bu “Olimpik” bilan tuzilgan shartnoma shartlarini oxirigacha yetkazib qo‘yish.
- Adashmasam, yaqinda “Rubin” klubida amaliyot o‘tab qaytdingiz. Nimalarni o‘rgandingiz?
- Ha, “Rubin” FK va “Dinamo” FKda. Bir oydan ko‘proq vaqt Rossiyada bo‘ldim. Men ilgari hech qachon ko‘rmagan juda ko‘p qiziqarli narsalarga guvoh bo‘ldim. Klublarning murabbiylari o‘zlarining ko‘p yillik tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Jamoani chempionatga tayyorlash, musobaqa chog‘ida qanday ishlash haqidagi maslahatlarni oldim, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy menga ko‘p yangi narsalar haqida ma’lumot berib o‘tdi. Qolaversa, diyetologlar, shifokorlar va seleksionerlar bilan suhbatlashdim.
- “Olimpik” klubini tark etasizmi? Mustaqil ravishda bosh murabbiy bo‘lib ishlash borasida takliflar bormi?
- Agar takliflar bo‘lsa, hammasini ko‘rib chiqaman, albatta!
- Shu o‘rinda bu yilgi chempionatimiz borasidagi taassurotlaringiz qanday? Masalan, “Nasaf” ilk bor muddatidan oldin O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. “Andijon” ham ilk bor O‘zbekiston Kubogini yutdi.
- “Nasaf”ni chempionlik bilan tabriklayman. Ular chindan ham yaxshi jamoani tashkil etganlar. Mavsum davomida ko‘plab qiziqarli o‘yinlar bo‘ldi. “Andijon”ni Kubok sohibi bo‘lgani bilan qutlayman. Final o‘zbek futboli tarixidagi eng qiziqarli kechgan bahs bo‘ldi. “Andijon” muxlislari har tomonlama ajoyiblar va klub erishgan yutuqda ularning hissasi ulkan.
Shuhratbek Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda