Foto: Rossiya prezidenti ma’muriyati
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Olaf Shols telefon orqali muloqot chog‘ida Ukrainadagi vaziyat yuzasidan batafsil va ochiq fikr almashdi. Bu haqda Kreml xabar berdi.
Qayd etilishicha, muzokaralar Germaniya tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan. Rossiya yetakchisiga ko‘ra, Rossiya “Ukraina tomonidan to‘xtatilgan” muzokaralarni qayta boshlashga ochiq va buni hech qachon rad etmagan.
“Rossiyaning takliflari yaxshi ma’lum va ular iyun oyida Rossiya Tashqi ishlar vazirligida qilgan nutqida bayon etilgan. Mumkin bo‘lgan kelishuvlar Rossiyaning xavfsizlik manfaatlarini hisobga olishi, yangi hududiy voqeliklarga asoslanishi va eng muhimi, mojaroning asosiy sabablarini bartaraf etishi kerak”, deyiladi Kreml bayonotida.
Putin va Shols suhbat davomida Rossiya va Germaniya munosabatlarini ham muhokama qildi. Rossiya rahbari “Germaniya hukumatining do‘stona bo‘lmagan munosabati oqibatida ikki davlat o‘rtasida barcha yo‘nalishlardagi aloqalar misli ko‘rilmagan tanazzulga uchraganini” ta’kidlagan. U agar nemis tomoni qiziqish bildirsa, Moskva o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyorligini qayd etgan. Tomonlar Yaqin Sharqdagi mojaroni ham muhokama qilgan.
Shols Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmalariga uyushtirilayotgan Rossiya havo hujumlarini qoraladi
Deutsche Welle'ning xabar berishicha, Shols Putin bilan suhbatda Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmasiga qaratilgan Rossiya havo hujumlarini keskin qoralagan. Bundan tashqari, Germaniya kansleri Putinni KXDR askarlarini Ukrainaga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun Rossiyaga yuborish “mojaroning keskinlashuviga va kengayishiga olib kelishi” haqida ogohlantirgan.
Nemis siyosatchisi Rossiyaning bu urushdan ko‘zlagan maqsadlarining hech biri amalga oshmasligini aniq aytgan va u Moskvani “Kiyev bilan jiddiy muzokaralar olib borishga” tayyor bo‘lishga chaqirgan. U Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uzoq muddatli munosabat ekanini qo‘shimcha qilgan.
Ikki davlat yetakchilari “aloqada bo‘lishga” kelishib oldi.
Putin bilan suhbatdan oldin Shols Zelenskiy bilan ham telefon orqali suhbatlashdi
DW'ning aniqlik kiritishicha, Putin bilan suhbatdan oldin kansler Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefonda gaplashgan va u bilan yana bog‘lanishni rejalashtirgan.
10 noyabr kuni Shols ARD telekanaliga bergan intervyusida Ukrainadagi urush bo‘yicha Putin bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini, lekin buni alohida emas, balki Ukraina va boshqa tomonlar ishtirokida amalga oshirishini aytgan: “Ha, vaqti kelganida men Rossiya prezidenti bilan gaplashaman, lekin men mas’uliyatli siyosatchiman, buni yolg‘iz qilmayman”.
Rossiya prezidentining rasmiy sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Putin va Shols o‘rtasidagi so‘nggi suhbat 2022 yil 2 dekabrda bo‘lib o‘tgan, uning asosiy mavzusi Ukrainadagi vaziyat bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda