Foto: Reuters
«So‘nggi yillarda Mustaqillik deklaratsiyani o‘nlab marotaba qayta o‘qib chiqdim va ushbu deklaratsiyaning mohiyati Armaniston Respublikasi mavjud bo‘la olmasligini ta’minlashdan iborat degan dahshatli xulosaga keldim. Bu bizning eng katta muammo va fojiamiz. Hozirgi masala haqiqiy Armaniston qanday va uning fuqarolari kimlar ekani haqida. Haqiqiy Armaniston fuqarosi — bu vatanini tashqaridan qidirmaydigan kishi», — deydi Pashinyan parlamentdagi chiqishida.
Nikol Pashinyan yanvar oyida yangi Konstitutsiyani qabul qilish bo‘yicha referendum o‘tkazish kerakligi haqida gapirgandi. U mamlakat asosiy qonunida Mustaqillik deklaratsiyaga havola borligini, bu tinchlik o‘rnatishga to‘sqinlik qilayotganini, yangi Konstitutsiya esa mamlakatni hozirgi geosiyosiy sharoitda yanada yashovchan qilishini aytgan edi. Shu bilan birga, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston Konstitutsiyasining o‘zgarishi mamlakatlar o‘rtasida tinchlik o‘rnatish sharti ekanini ta’kidlagan.
Armaniston Adliya vazirligiga ko‘ra, gap «konstitutsiyaviy o‘zgarishlar emas, balki yangi Konstitutsiya» haqida ketayotgan ekan, uni tayyorlashga vaqt talab etiladi, bu boradagi referendum esa 2027 yildan erta o‘tkazilmaydi.
Ozarboyjon tinchlik bitimi doirasida Armaniston o‘z Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritishini talab qilmoqda. Unda Armaniston Oliy kengashi 1990 yil 23 avgustda qabul qilgan mamlakat mustaqilligi deklaratsiyasiga havola bor. Ushbu deklaratsiya boshida o‘z navbatida, Armaniston SSR va Tog‘li Qorabog‘ning 1989 yildagi «Birlashuv to‘g‘risida»gi qo‘shma rezolyutsiyasiga havola keltirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?