22:11 / 18.11.2023
419

Avtomobilingiz yonilg‘isini tejash uchun 7 ta layfxak

Avtomobilingiz yonilg‘isini tejash uchun 7 ta layfxak

Benzin narxi tobora oshib boradi va hech yo‘q inflyatsiyaning minimum darajasi bilan birga o‘sishda davom etadi. Magistral yo‘lda bo‘shab qolayotgan bak bilan to‘satdan tirbandlikka tushib qolish yoqimli “sarguzasht” emas, kamiga yonilg‘i quyish shoxobchasida kartangizdan tez-tez pul yechtiraversangiz, qanchalar og‘riqli. Avtomobilni boshqarishning qanday asosiy tamoyillari benzinni tejashga yordam beradi?

Yo‘l tirbandligi, quvib o‘tish va harakatsiz holda turish yonilg‘i uchun ortiqcha pul sarflashning yagona sababi emas. Quyida qanday harakatlar bilan mashina boshqarganda benzin sarfi sezilarli darajada kamayishiga yordam beruvchi usullarni bilib oling.

 Past tezlik kamroq yonilg‘i demakdir

Maslahat oddiy, ammo kimdir uchun bu vahimali tuyulishi mumkin. Mashinani tez haydamang! Poygada qatnashmayotgan bo‘lsangiz, albatta. Tezlikni cheklash va mashinani 80 km/soat tezligida haydash yonilg‘ini sezilarli darajada tejaydi. Uni soatiga 10-15 km/soatga oshirsangiz, ko‘zlagan manzilingizga tezroq yetib borasiz va tejalgan vaqtni benzin uchun pul ko‘rinishida sarflaysiz. Tezlikni 10-15 km/soatga kamaytirish yonilg‘i tejashni 14 foizga oshiradi. Yo‘lga odatdagidan biroz ko‘proq vaqt ajratishga harakat qiling, trassada optimal tezlikni saqlab qolish uchun sayohat nazoratini yoqing.

Novvoyxonaga piyoda borish ma’qul

Piyoda yurish immunitet tizimini, yurakni, qon tomirlarni mustahkamlaydi, ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga va ayniqsa, pulni tejashga yordam beradi. Jiddiy maslahat: mashinadan skuter sifatida emas, balki uzoq masofalarga zarur transport vositasi sifatida foydalaning, toki mashinasiz borishning hech iloji bo‘lmagan manzillarga. Ko‘pincha yaqin masofalarga borib kelish uchun piyoda yoki jamoat transportidan foydalanish benzinni ko‘p sarflashdan va keyingi yoqilg‘i quyish shoxobchasini yanada yaqinlashtiradigan tirbandlikda turishdan ko‘ra tezroq va qulayroqdir. Sayohatlarda avtomobil bilan boradigan manzillarning faqat yarmigina biz uchun muhim. Bolalaringizni har kuni mashg‘ulotlarga, maktab va hokazolarga olib borsangiz, sinfdoshlarining ota-onalari bilan ularni navbatma-navbat olib borish haqida kelishib olishga harakat qiling.

Yo‘lga chiqishdan oldin marshrutni rejalashtiring

Yo‘lga chiqishdan oldin manzilingizga boradigan barcha marshrut variantlarini ko‘rib chiqing. Tirbandlik va svetoforlar, keraksiz burilishlar va orqaga qaytishdan qochish pulni tejaydi. Agar mashinada ishga borib kelsangiz, ishxonangizga yaqin bo‘lgan lokatsiyalarni belgilab oling: xarid qilish uchun yirik supermarketlar, savdo do‘konlari, dorixonalar, kimyoviy tozalash xizmatlari va hokazo.

Harakatsiz turmang

Mashina to‘xtaganda uni o‘chirib qo‘ying. Avtomobil faqat harakatlanish uchungina ishlasin. Yoqilgan holda harakatsiz turish soatiga bir yarim litrgacha benzin sarfiga to‘g‘ri keladi. Dvigatelni qayta ishga tushirish uchun sizga 10 soniya kerak bo‘ladi. Farqni his eting!

Avtomobilingiz shinalarini tekshiring

Shinalar bosimini tekshiring. Ular qanchalik bo‘sh bo‘lsa, mashina haydash uchun shuncha kuch sarflaydi va benzin iste’mol qiladi. Va, albatta, rejali tekshiruvlarni o‘tkazishni unutmang (texnik xizmat ko‘rsatishning bir qismi sifatida barcha shinalar tez-tez tekshirilishi kerak). Avtomobildagi barcha mexanizmlarning soatdek to‘g‘ri ishlashi benzin sarfini kamaytirishning kalitidir.

Tormoz va gazni aql bilan bosing

Darhol tezlikni oshirib yuborish va qattiq tormozlanish benzinni ichib yuboradi. Agar oldinda svetofor bo‘lsa, birinchi bo‘lib unga uchib yetib olishga oshiqmang, mukofot olmaysiz. Asta-asta sekinlashing va to‘satdan tormozlashdan saqlaning. Tezlikni ravon ko‘tarib, xuddi shunday silliq tormozlasangiz, shinalarning ishlash muddatini ham uzaytirasiz, ham yonilg‘ini ikki barobar tejaysiz.

Havo sirkulyatsiyasi rejimini yoqing

Issiq va sovuq havoda avtomobil ichidagi harorat tashqaridagi haroratdan sezilarli darajada farq qiladi. Avtomobil tashqaridan emas, balki yo‘lovchi bo‘linmasidan keladigan havoni isitish yoki sovitish uchun kamroq quvvat sarflaydi. Havo sirkulyatsiyasi rejimi ichki havoni filtrlaydi, shamollatish teshiklari orqali tezroq va osonroq tarqatadi, bu sizning yonilg‘i uchun pullaringizni tejab qolishga xizmat qiladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomobilingiz yonilg‘isini tejash uchun 7 ta layfxak