date

Haydovchilar uchun yagona elektron guvohnoma joriy etildi

Haydovchilar uchun yagona elektron guvohnoma joriy etildi
2025 yil 15 oktyabrda Vazirlar Mahkamasining 642-sonli qarori qabul qilinib, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim jarayonini raqamlashtirishga oid yangi tartib joriy etildi.

Qarorga asosan, o‘quv tashkilotlarida ta’limni muvaffaqiyatli yakunlab, imtihonlardan o‘tgan nomzodlarga imtihon komissiyasi bayonnomasi asosida yagona namunadagi elektron guvohnoma taqdim etiladi.

Ushbu guvohnomalar "e-avtota'lim.uz" axborot tizimi orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi hamda haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihonlar o‘tkazuvchi tadbirkorlik subyektlariga real vaqt rejimida taqdim etiladi. Elektron guvohnoma uchun hech qanday yig‘im undirilmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Haydovchilar uchun yagona elektron guvohnoma joriy etildi