
Fransiya Liga 1 musobaqasining to‘qqizinchi turida "Lill" o‘z maydonida "Mes" jamoasini qabul qildi. "Itlar" raqib darvozasiga 6 ta gol urib, o‘yinning so‘nggi daqiqalarida faqat bitta gol o‘tkazib yuborishdi.
Uchrashuv 6:1 hisobida yakunlandi. Felish Korrea dublga erishdi.
Mazkur g‘alaba evaziga "Lill" 17 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. "Mes" esa atigi 2 ochkoga ega bo‘lib, musobaqa jadvalining quyi qismida qoldi.
O‘yin protokoli:
Lill - Mes 6:1
Gollar: 25’ Hamza Igamane (1:0), 34’ Felish Korrea (2:0), 53’ Felish Korrea (3:0), 64’ Romen Perro (4:0), 82’ Benjamin Andre (5:0), 90’ Hakon-Arnar Haraldsson (6:0), 90’ Ibu Sane (6:1).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.