ESPN Modrichni 21-asrning eng kuchli 25 futbolchisiga kiritdi

Xorvatiyalik tajribali yarim himoyachi Luka Modrich yana bir e'tirofga sazovor bo'ldi. ESPN 21-asrning eng yaxshi futbolchilari reytingini e'lon qilar ekan, ro'yxatdan Modrichga ham joy ajratdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Reytingning ilk uch pog'onasini Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Tyerri Anri band etdi.
Modrich Ronaldu va Ronaldinyo bilan birga kuchli o'nlikdan o'rin oldi. 11-pog'onaga Zlatan Ibragimovich joylashtirilgan bo'lsa, 19-o'rinda Rikardu Kaka qayd etildi, 21-o'rinni Andrea Pirlo egalladi. Top-25 ro'yxatini esa fransuz yarim himoyachisi Patrik Viyeyra yakunlab berdi.
Eslatib o'tamiz, Modrich o'tgan yil yozidan buyon «Milan» safida to'p tepmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing