Simeone derbida Vinisiusni to'xtatish rejasini tuzdi

Madrid derbisi arafasida "Atletiko" bosh murabbiyi Diyego Simeone "Real"ning hujumkor yetakchilaridan biri Vinisius Juniorni zararsizlantirish bo'yicha aniq reja ishlab chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Diario AS xabariga ko'ra, Ispaniya Superkubogi yarim finalidagi bahsda Simeone Vinisiusga shaxsiy nazoratni Markos Lyorentega topshirgan. 30 yoshli ispaniyalik futbolchi uchrashuvni asosiy tarkibda o'ng qanot himoyachisi sifatida boshlashi kutilmoqda.
"Atletiko" – "Real" o'yini payshanba, 8-yanvar kuni bo'lib o'tadi. Start hushtagi 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangrashi belgilangan. Bir kun avval esa birinchi yarim finalda "Barselona" va "Atletik" Bilbao kuch sinashadi, final 11-yanvar kuni o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya Superkubogi uchrashuvlari Saudiya Arabistonida tashkil etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!