Barselona ter Shtegenning navbatdagi jarohati yuzasidan bayonot berdi

«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenning yangi jarohati haqida rasmiy izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
33 yoshli futbolchi seshanba kungi mashgulotda shikast oldi. Klub ma’lumotiga kora, darvozabon jamoa yigini joylashgan maskanni tark etdi va tibbiy tekshiruvlardan otish uchun Barselonaga yollandi. Shu sababli u Ispaniya Superkubogida maydonga tusha olmaydi.
«Ter Shtegen Saudiya Arabistonidagi «Barsa» lagerini tark etadi — u Barselonaga qaytib, tibbiy korikdan otadi. Uning ornini ikkinchi jamoa darvozaboni Diego Koxen egallaydi va ertaga tarkibga qoshiladi», — deyiladi klub matbuot xizmati bayonotida.
Bugun «koki-anorranglilar» Ispaniya Superkubogi yarim finalida Bilbao «Atletik»iga qarshi o‘ynaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing