date

Di Marzio: Menyan bilan yangi shartnoma imzolash yaqinlashdi

Di Marzio: Menyan bilan yangi shartnoma imzolash yaqinlashdi

Italiyalik taniqli insayder jurnalist Janluka Di Marzio «Milan» va fransuz darvozaboni Mayk Menyan o‘rtasidagi muzokaralarda sezilarli siljish borligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, tomonlar kelishuvga avvalgidan ham yaqin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Di Marzio bergan ma’lumotga ko‘ra, yangi shartnoma 2031 yilgacha mo‘ljallanishi mumkin, Menyanning maoshi esa klubdagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri — Leau bilan bir xil darajaga chiqadi. Yakuniy qaror yaqin kunlarda aniq bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Menyanning amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida yakunlanadi. U «Milan» safida 2021 yildan beri o‘ynamoqda va klubdagi ilk mavsumidayoq Italiya chempioni bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Di Marzio: Menyan bilan yangi shartnoma imzolash yaqinlashdi