Kassano Leau o'yinini keskin tanqid qildi va Risharlisonga qiyosladi

Italiyalik sobiq futbolchi Antonio Kassano "Milan" hujumchisi Rafael Leauning o'yini borasida yana keskin fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eks-hujumchi portugaliyalik futbolchini avval ham tanqid qilib kelgan va bu safar ham o'z pozitsiyasini yashirmadi. U, shuningdek, "rossoneri" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan ham kelisha olmasligi haqida ishora qildi.
Kassanoning ta'kidlashicha, unga raqamlar va statistika qiziq emas. "Leau menga kimni eslatadi, bilasizmi? Risharlisonni. Ba'zan gol uradi, ammo bu juda yomon futbolchi, go'yo hammasidan uzilib qolgan. Leauning futbol o'yiniga umuman aloqasi yo'q", — dedi u Viva El Futbolga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda Rafael Leau "Milan" safida 13 uchrashuvda 7 ta gol urib, 1 ta golli pas muallifiga aylangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!