Milan hujumchisi Leau bo‘sh vaqtini nimalarga sarflashini aytdi

2019 yildan beri «Milan» safida to‘p surib kelayotgan portugaliyalik hujumchi Rafaell Leau jurnalistlarga bo‘sh vaqtida nimalar bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi. Uning hayotida musiqa alohida o‘rin tutishi yana bir bor tasdiqlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Uxlashni yoqtiraman, televizorda seriallar ko‘raman, musiqa tinglayman va musiqa bilan shug‘ullanaman, shuningdek, oilam bilan vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘raman», — deya Leau so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o‘tamiz, hozirda «Milan» Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Klub so‘nggi bor 2022 yilda chempionlikni qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing