Luis Enrike Mbappe ketganidan afsusdaligini yashirmadi

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi. Fransuz hujumchi ispaniyalik mutaxassis qo'l ostida 2023/24 yilgi mavsumda to'p surdi, shundan so'ng erkin agent sifatida Madridning "Real" klubiga yo'l oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Enrikening aytishicha, Mbappe maydonda ham, maydon tashqarisida ham o'ziga xos xarakterga ega futbolchi: kamtar, sokin va odobli. Murabbiy bunday sifatlar yuqori darajadagi yulduzlarda kam uchrashini ta'kidlab, hujumchining ayniqsa "PSJ" uchun murakkab pallada "Real"ga ketgani afsusli ekanini qayd etdi.
Shu bilan birga, Enrike Mbappega nisbatan hech qanday e'tirozi yo'qligini bildirdi: futbolchi doimo hurmat bilan muomala qilgan, uning ota-onasi va ukasi ham xuddi shunday munosabatda bo'lgan. Murabbiy Kilianing ishlari joyida bo'lishini tiladi.
Ma'lumot uchun, Kilian Mbappe 2017 yildan beri "PSJ" sharafini himoya qilib kelgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!