06:00 / 07.07.2020
3 852

Ikkita motor, olti g‘ildirakka ega 40 yil oldingi «poyga maxluqi» (foto)

Ikkita motor, olti g‘ildirakka ega 40 yil oldingi «poyga maxluqi» (foto)
Foto: Carakoom
Avtosport dunyosi bir qarashda ko‘rinishi mumkin bo‘lgandan ko‘ra ancha qiziqroq. Hech bo‘lmaganda, u yerda oddiy fuqarolarga mo‘ljallanmagan texnik yechimga ega modellar sinovdan o‘tkaziladi, deb xabar qiladi Carakoom.

Bunga 1980 yillarning oxirida Yangi Zelandiyada yaratilgan olti g‘ildirakchi ralli avtomobilini misol qilib keltirish mumkin. Model oddiy Mazda 323 bazasida yaratilgan bo‘lib, noma’lum muhandis tomonidan uning old qismiga bir juft g‘ildiraklar qo‘shilgan. Bu mashinani faqatgina boshqarish qulay bo‘lishi uchun qilinmagan.

Avtomobil suratlaridan ko‘rish mumkinki, odatda old o‘rindiqlar va rul chambaragi joylashadigan qism bo‘m-bo‘sh. Gap shundaki, haydovchining o‘rni biroz orqaga surilgan — standart xetchbekning orqa qatori o‘rniga.

Foto: Carakoom
Bunga old o‘rindiqlar o‘rnida ham yana bir dvigatel joylashgani, modelga ikkita motor o‘rnatilgani asosiy sabab. Ularning har biri o‘zining bir juft g‘ildiragini harakatga keltiradi. Motor bo‘lganda ham oddiy emas, har biri 280 ot kuchiga ega Mazda RX7 rotorli motorlari o‘rnatilgan.

Uzatmalar qutisi ham Mazda RX-7 modeliniki. Uzatmalar qutisi ham ikkita bo‘lishi yoki boshqa bir usul bilan sinxronlashtirilgan bo‘lishi ham mumkin. Biroq bu haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Foto: Carakoom
Ushbu konstruksiya odamda ishonch va umid uyg‘otmaydi. Axir ikkita dvigatel — 2 karra muammo degani. Shuningdek, ichki yonuv dvigatellarini sovutish masalasi ham bor. Suratlarda esa qo‘shimcha havo aylantirgich ko‘rinmaydi.

Foto: Carakoom

Foto: Carakoom

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ikkita motor, olti g‘ildirakka ega 40 yil oldingi «poyga maxluqi» (foto)